00:04 / 29.07.2017
18670

O‘zbekiston kubogi. Barcha yarim finalchilar aniqlandi

O‘zbekiston Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan yana ikki chorak final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Qo‘qon» o‘z uyida «Nasaf»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Lokomotiv» «Buxoro» bilan kuch sinashdi.

Qo‘qondagi o‘yinning 20-daqiqasida Filip Rayyevatsga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 64-daqiqada Jamshid Hasanov mezbonlarning ikkinchi golini kiritgandi. Jamoaga keyingi bosqich yo‘llanmasini beruvchi yana bir gol uchun mezbonlar hujumga zo‘r berganida mehmonlar ularni jazolashdi. Avvaliga Shahboz Erkinov, keyinroq Jasur Hasanov o‘yinning so‘nggi qismida qarshiliklar uchun gol kiritib, hisobni tenglashtirdi. «Nasaf»ning uydagi 4:1 hisobidagi g‘alabasi jamoani yarim finalga olib chiqdi.

Toshkentdagi o‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Birinchi uchrashuvda ham nursiz durang qayd etilgani bois, hakam qo‘shimcha bo‘limlarni belgiladi. Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida Sadriddin Abdullayev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Azizbek Omonov farqni ikkitaga oshirdi. 120-daqiqada Sardor Mirzayev uchinchi to‘pni kiritib o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

O‘zbekiston kubogi, 1/4 final.

Javob uchrashuvlari.

«Qo‘qon-1912» – «Nasaf» 2:2 (1:0)

Gollar: Murod Xolmuhammedov (20, penalti), Jamshid Hasanov (64) — Shahboz Erkinov (87), Jasur Hasanov (90+1).
«Qo‘qon-1912»: Nikita Ribkin, Jamshid Hasanov, Javohir Siddiqov, Doniyor Hasanov (Andrey Sidorov, 57), Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Quvondiq Ro‘ziyev (Bahodir Akramov, 61), Murod Xolmuhammedov (Jalil Kimsanov, 66), Filip Rayyevats.
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov, Maqsud Karimov, Aziz G‘aniyev, Dilshod Rahmatullayev (G‘olib G‘aybullayev, 90+2), Shahboz Erkinov, Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev (Jasur Hasanov, 68), Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran (Igor Golban, 84), Umarbek Eshmurodov.
Dastlabki uchrashuv — 1:4.

«Lokomotiv» – «Buxoro» 3:0 (0:0, 0:0, 2:0, 1:0)

Gollar: Sadriddin Abdullayev (98), Azizbek Omonov (101), Sardor Mirzayev (120).

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Azizbek Omonov, 79), Sadriddin Abdullayev (Salamat Qutiboyev, 103), Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Muhammad Kone, 76), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Jaloliddin Masharipov

«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, San'at Shixov (Bahriddin Vahobov, 90+4), Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Azamat Allaniyozov (Ivor Veytser, 50), Alisher Samatov, Ivan Nagayev, Alisher Sanayev, Javohir Qahramonov (Zohir Pirimov, 84)
Dastlabki uchrashuv — 0:0

Shunday qilib,yarim final juftliklarin tashkil qilgan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi. Dushanba kuni «Bunyodkor» Toshkentda «Dinamo»ni qabul qilsa, «»chorshanba kuni «Lokomotiv» «Nasaf» bilan to‘qnash keladi.

O‘zbekiston kubogi. 1/2 final.

Dastlabki o‘yinlar

31 iyul (dushanba)

«Bunyodkor» - «Dinamo»

2 avgust (chorshanba)

«Lokomotiv» - «Nasaf»

Top