«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishga yaqin turibdi.
International Champions Cup doirasida «Real»ga qarshi o‘yindan keyin futbolchi Xitoyga yo‘l olib, Nike tadbirida ishtirok etadi.
Shundan so‘ng Neymar «PSJ» xo‘jayini Nosir al-Helayfiyga tegishli bo‘lgan Qatar Sports Investment jamg‘armasi bilan shartnoma imzolash uchun Dohaga yo‘l oladi.
El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Fransiyadagi soliq siyosati tufayli Neymarning transferi «PSJ»ga 222 million yevro emas, 300 mln yevroga tushadi.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Neymar jamoadoshlariga allaqachon boshqa klubga o‘tayotgani haqida ma'lum qilgan.















