10:40 / 30.07.2017
8344

Tayvanga kuchli tayfun yopirildi

Tayvanga Nesat nomli kuchli tayfun kirib keldi. Reuters agentligi mahalliy hukumatga asoslanib xabar berishicha, bu tabiiy ofat oqibatida jablanganlar soni 83 kishi. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yana 40 kishi orolning janubiy qismida suv toshqinlari tufayli dunyodan uzilib qolgan.

Tayvan poytaxti Taybey shahrida noqulay ob-havo sharoiti tufayli davlat muassasalari yopilgan, yuzlab uylar elektr ta'minotidan uzilgan. Shuningdek, metro ish grafigi o‘zgargan, Eva Airways 42 reysni bekor qilgan, bu esa 10 mingdan ortiq yo‘lovchiga ta'sir qilgan.

Meteorologlarning so‘zlariga ko‘ra, tayfun orolda ikki kun saqlanib turadi. Tayfun vaqtida shamol tezligi soatiga 119 kilometrni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid
Top