Davlat sport qömitasi tuzilmasi özgardi. Bu Prezidentning 2017 yil 29 iyuldagi qaroridan kelib çiqadi, deb yozmoqda Norma.uz.

Xususan, Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi markaziy apparati tuzilmasida  rais örinbosari, Özbekiston bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi ijro etuvçi direktori lavozimi tugatildi.

Jamğarma ijro etuvçi apparatining joriy faoliyatiga  Davlat sport qömitasi raisi taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvçi direktor rahbarlik qiladi.