07:32 / 31.07.2017
7444

Los-Anjyelesda avtomobil odamlarni bosib ketdi

Foto: Foxnews

Amerikaning Kaliforniya shtati Los-Anjyeles shahrida avtomobil odamlar to‘dasi ustiga yurib ketdi. Buning oqibatidaa kamida 8 kishi jabrlangan, deb xabar qilmoqda Fox News.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea The Fish Spot dengiz taomlari restorani yaqinida sodir bo‘lgan. Ven yo‘l chetiga to‘xtay olmay qolgan. 

Shahar o‘t o‘chirish xizmatiga ko‘ra, 8 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Yana 9 kishi yengil jarohatlar olgan. 

Politsiyaning ma'lum qilishicha, haydovchi hodisa joyini tark etmagan, shunga ko‘ra, falokat tasodifan ro‘y bergan baxtsiz hodisa sifatida taxmin qilinmoqda. 

Top