20:31 / 31.07.2017
10494

Matich «Manchester Yunayted»ga o‘tdi

«Manchester Yunayted» «Chelsi»dan Nemanya Matichni transfer qildi.

Serbiyalik bu futbolchi bilan 3+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzolangan.

Transfer qiymati 40 million funtni tashkil etgan, keyinroq bonus sifatida yana 5 million funt to‘lanishi mumkin.

Endilikda bu 28 yoshli havbek 2 avgust kuni jamoaning Dublinda «Sampdoriya»ga qarshi o‘tkazadigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Top