Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatida teraktga tayyorgarlik ko‘rgan markaziy osiyolik ikki shaxs qo‘lga olindi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva viloyatida IShID terrorchilik guruhining ikki tarafdorini qo‘lga olishdi. Ular Suriyadan teraktga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalarni kutishgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Vladimir viloyatining FXX boshqarmasidan xabar qilinishicha, erkaklar Suriya hududidagi IShID a'zolari bilan aloqada bo‘lishgan.
«Suriyadagi rahnamolarining o‘qotar qurol, qo‘lbola portlovchi qurilma tayyorlash uchun kerakli ehtiyot qismlarini xarid qilish va terrorchilik hujumini amalga oshirish uchun kerakli obektlarni tanlab olish bo‘yicha ko‘rsatmalarini kutishgan», - deya xabar qilishgan kuch tuzilmasidan.
Aniqlik kiritilishicha, qo‘lga olinganlar – Rossiyaga Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlaridan kelgan shaxslardir.
Terrorizmga undash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Avvalroq Peterburgda teraktlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan markaziy osiyolik 7 shaxs qo‘lga olingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:05 / 25.11.2025