10:33 / 31.07.2017
6392

Tramp va Abe Pxenyanga bosimni oshirishga kelishib olishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘zaro telefon muloqoti davomida Shimoliy Koreyaga bosimni oshirishga kelishib oldilar. Shuningdek, ular boshqa davlatlarni ham ushbu strategiyaga qo‘shilishga chaqirishadi. Bu haqda Oq uy xabarida aytiladi.

«Prezident Tramp va bosh vazir Abe Shimoliy Koreyaga iqtisodiy hamda diplomatik bosimni oshirishga tayyorliklarini bildirishdi, shuningdek, ular boshqa davlatlarni ham bunga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilib ko‘rishadi», - deya bayonotdan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Yaponiya bosh vazirining rafiqasi Tramp bilan gaplashmaslik uchun kutilmagan usuldan foydalangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top