12:31 / 31.07.2017
4093

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 1-yarim yillikda 1,22 mln yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi

Foto: "Kun"

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2017 yilning birinchi yarim yilligida 1,22 mln yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi. Bu 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 4,3 foizga ko‘p.

Aviakompaniyadan ta'kidlanishicha, 11,16 mingta reys amalga oshirilgan. Bu 2016 yilning birinchi yarim yilligidan 489 reysga ko‘proq. Yo‘lovchi o‘rindiqlarining band etilishi 75,91 foizni tashkil etdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 24,8 ming tonna yukni o‘z manziliga yetkazgan, bunda pulli bagaj va pochta ham hisobga olingan. 2016 yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish 26,4 foizga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top