Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik o‘quvchilar tarixda ilk marta matematika musobaqasida oltin medallarni qo‘lga kiritdi
Foto: Xalq ta'limi vazirligi
25—31 iyul kunlari davomida Hindistonning Lakhnau shahrida xalqaro matematika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Xalq ta'limi vazirligi xabar qilishicha, musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2ta oltin va 2ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Musobaqada dunyoning 41ta davlatidan tashrif buyurgan yosh matematiklar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, mazkur tanlovda to‘rtinchi marta qatnashgan o‘zbekistonliklar ilk bor 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari Doniyor Ismoilov va Sevaraxon Ostonova individual bahslarda o‘z iqtidorini namoyon etib oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Qorako‘ldagi xuddi shu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov hamda 8-sinf o‘quvchisi Ismoil Po‘latov esa yakkalik bahslarida kumush medalga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:34 / 06.10.2025
Dunyodagi eng aqlli odam e’lon qilindi
19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
01:05 / 14.11.2024
Oliy matematika sun’iy intellektning zaif tomoni bo‘lib qolmoqda - tadqiqot
16:40 / 08.10.2024