16:30 / 01.08.2017
24844

«ArMI-2017» xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston razvedkachilari 2-o‘rinda ketmoqda

Rossiyaning Novosibirsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan «ArMI—2017» xalqaro armiya o‘yinlarida olti mamlakat jamoalari orasida O‘zbekiston razvedkachilari ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston24» xabar bergan.

Rossiya OAVlarida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, ayni paytda musobaqada Rossiya jamoasi peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekistondan keyingi pog‘onani esa Belarus termasi egallagan.

Musobaqaning birinchi bosqichida harbiylar Mi-8 vertolyotidan o‘rmon ichiga desant qilinib, asboblarsiz kerakli yo‘nalishni aniqlashi va 15 kilometr masofaga tez yurib yetib olishlari kerak edi.

«ArMI—2017» xalqaro o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan «A'lochi razvedkachilar» bellashuvida O‘zbekiston harbiylar jamoasiga Armaniston, Belarus, Zimbabve, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya jamoalari raqiblik qilmoqda.

Top