14:54 / 01.08.2017
6760

Yevropa ittifoqi aholisi 2016 yilda migrantlar hisobiga 1,5 millionga o‘sgan

2016 yilda Yevropa ittifoqi aholisi sonida 1,5 million migrant hisobiga o‘sish ko‘zga tashlangan va jami 511,8 million kishini tashkil etgan. Bu haqda Yevrostat hisobotiga asoslanib, TASS ma'lum qilgan

Hisobotda ta'kidlanishicha, 2016 yilda Yevropada tug‘ilish va o‘lim soni deyarli barobar bo‘lgan. Shu sababli aholining tabiiy o‘sish soni nolga teng bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, Yevropaning 1,5 millionga oshgan aholisi soni xorijdan kelgan fuqarolar evaziga yuz bergan.

Bu borada Yevropa ittifoqining uch yirik mamlakati yetakchilik qilgan: 82,8 million aholiga ega Germaniya (o‘sish 625 ming), 67 million aholiga ega Fransiya (o‘sish 270 ming), Buyuk Britaniya — 65,8 mln. (o‘sish 425 ming).

Aholining sonining eng katta qisqarishlari Litva, Latviya, Estoniya, Ruminiya, Xorvatiya, Portugaliya va Italiyada qayd etilgan. Katta ehtimol bilan taxmin qilish mumkinki, bu mamlakatlardagi aholi sonining qisqarishiga YeI ichidagi migratsiya omili sabab bo‘lmoqda va u hamjamiyatning iqtisodiy farovon davlatlari ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topgan.

Mavzuga oid
Top