Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook sun'iy ongni «shaxsiy tili» paydo bo‘lgani sababli o‘chirib qo‘ydi
Foto: EPA
Facebook kompaniyasi o‘zining sun'iy ong tizimlaridan birini dasturchilar botlar ingliz tilida emas, balki odamlarga tushunarsiz bo‘lgan tilda muloqot qilishni boshlaganlarini aniqlaganlaridan keyin yopishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Tech Times nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, sun'iy ong tomondan shaxsiy til ma'lumotlarni tezroq va osonroq almashish uchun yaratilgan. Shundan keyin Facebook tizimning bir qismini o‘chirib, qolgan botlarni ular faqat ingliz tilida muloqot qila oladigan qilib qayta dasturladi.
Avvalroq 24 iyulda Facebook asoschisi Mark Tsukerberg SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning sun'iy ong “insoniyat uchun asosiy xavflardan biri» hisoblanishi haqidagi so‘zlariga qo‘shilmasligini aytgandi.
“Sun'iy ong kelajakda bizning hayotimizni yaxshiroq qiladi, qiyomat qoyimni bashorat qilish esa juda ma'suliyatsizlikdir”, deb aytgan Tsukerberg.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025