22:20 / 01.08.2017
18988

Futbolchilar aslida o‘zi munosib bo‘lgan maoshdan 2-3 baravar ko‘proq olishi aniq bo‘ldi

Lourens texnologiyalari universiteti olimlari tomonidan yaratilgan maxsus ishlab chiqilgan algoritm yordamida futbolchilarning haqiqiy bahosi va ularning aslida olishi kerak bo‘lgan maoshi miqdori aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra Yevropaning qariyb 6 ming professional futbolchining 55tadan asosiy ko‘rsatkichlari tajriba sifatida olindi.

Mazkur algoritm futbolchilarning to‘p bilan muomala qilishi, u bilan amalga oshiradigan texnikalari yordamida ularga munosib bo‘lgan mablag‘larni hisob-kitob qilib berdi. Unga ko‘ra, futbolchilar aslida o‘zlari munosib bo‘lgan maoshdan ikki va hattoki uch baravar ko‘proq pul ishlab topishi aniq bo‘ldi.

Misol uchun 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona» hujumchisidan Lionel Messidan kamroq oylik olishi zarurligi ma'lum bo‘ldi. Algoritm Argentina terma jamoasi yetakchisi reytingda birinchi o‘rinda ko‘rsatdi, ammo uning haftalik maoshini 235 000 yevro sifatida ko‘rsatib berdi. Bu Messining shu kunga qadar oladigan maoshidan ikki baravar kam degandir.

Qayd etib o‘tish joiz, algoritmga futbolchilarning imiji, ularning ishtirokidagi o‘yinga qarab o‘zgaradigan translyatsiya ommaviyligi va narxi kabi qo‘shimchalar qo‘shilmagan. Mashina faqat futbolchilarning professional ko‘rsatkichlari hisobiga oyliklarni hisoblab bergan.

Top