O‘zbekiston | 21:40 / 01.08.2017
53476
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zMUda 188 nafar abituriyent imtihonda ishtirok etishdan voz kechdi

Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekiston Milliy universitetida 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlariga test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Universitetda bu yilgi imtihon jarayonlari shaffof, adolatli va haqqoniy tarzda o‘tkazilishi uchun barcha choralar ko‘rildi. Jumladan, O‘zMUda birinchi marotaba barcha auditoriyalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilib,  test jarayonlari abituriyentlarning ota-onalariga onlayn tarzda uzatildi. Shu bilan birga “Yoshlar” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri  translyatsiya qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zMUda 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlariga jami 13790 nafar abituriyent arizasi qabul qilindi. Qabul jarayonida zamonoviy biometrik texnologiyalar asosida abituriyentlarning nazorat qilish va boshqarish tizimi, shuningdek, qiyofadan shaxsni aniqlashga qaratilgan “aqlli” texnologiya qo‘llangani haqida xabar berilgan edi. Bu “aqlli” texnologiyalar yordamida hujjat topshirishgacha bo‘lgan jarayonda 70dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. 

O‘zMU rahbariyati avval va'da berganidek bugungi test sinovlarida ham ayni shu aqlli texnologiyalar qo‘llanildi. Test o‘tkaziladigan auditoriyalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilib, jarayonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishi onlayn rejimda keng jamoatchilikka uzatildi. Aqlli texnologiyalar hujjatlar qabul qilish jarayonidagi birinchi bocqichda abituriyentlar test jarayonlari  adolatli va shaffof o‘tkazilishida kuzatuvchi sifatida baho bergan bo‘lsa, bugun ularni qaysidir ma'noda o‘z bilim va imkoniyatlariga mustaqil baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarishga undadi.

Pirovard natijada 188 nafar abituriyent sinov imtihonida ishtirok etishdan voz kechdi. 77 nafar abituriyent kuzatuvchilarning adolatli yondashuvi sabab test sinovlaridan chetlashtirildi. Aqlli texnologiyalarga chap berishga urinish holatlari ham kuzatildi. Lekin buning oldi olinib, 4 nafar abituriyent imtihonga kiritilmadi. Bu eksprementdan ko‘zlangan asosiy maqsad, iqtidorli, bilimli abituriyentlarga o‘qishga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.

Sohiba Soliyeva.

Abituriyentning "yo‘l xarita"si — Yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda

Mavzuga oid