16:00 / 02.08.2017
3493

31 iyul kuni Toshkentda 3 ta YTH yuz berdi, 3 inson jarohatlandi

2017 yilning 31 iyul kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 31 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2277 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 622 tasini qo‘pol turdagi, 24 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 31 iyul kuni jami 695 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 424 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 271 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top