08:43 / 02.08.2017
5073

Xitoyning Los-Anjyelesdagi konsulligi yonida otishma yuz berdi

Foto: AP

Xitoyning Los-Anjyelesdagi konsulligi yonida erkak kishi o‘t ochib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Los Angeles Daily News gazetasi mahalliy ma'muriyatga asosan.

Ta'kidlanishicha, erkak taxminan 60 yoshda bo‘lgan, u hodisa joyida bo‘lgan avtomobilda hayotdan ko‘z yumgan.

Shahar politsiyasi xodimi Dreyk Medisonning so‘zlariga ko‘ra, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.

Erkakning ismi hozircha oshkor etilmayapti. Hodisaga nima sabab bo‘lgani ham noma'lum.

Top