14:00 / 02.08.2017
5451

Komilov 2017 yilning 1-yarim yilligida TIVda 39 ta uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2017 yilning 1-yarim yilligida xorijiy davlatlarga 10 marotaba tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, A.Komilov hukumat delegatsiyasi boshchiligida 23-24 yanvar kunlari Afg‘onistonga borgan bo‘lsa, 7-11 fevralda Kuvayt hamda 27-28 martda Fransiyaga bordi. Shuningdek, 20-21 aprel kuni Ostona shahrida ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishi, 1 may kuni Ashxoboddagi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti tashqi ishlar vazirlari Majlisi hamda 13 iyun kuni Ashxobod shahridagi “Markaziy Osiyo - BMT” yuqori darajadagi Muloqotida ishtirok etdi.

Bundan tashqari, tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston TIVda 39 ta uchrashuv o‘tkazdi. Avstraliya, Afg‘oniston, Vengriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Xitoy, Kuvayt, Qirg‘iziston, Ummon, Rossiya, Turkiya, Fransiya va Chexiya tashqi siyosat idoralari bilan siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

TIV yo‘nalishi bo‘yicha uchrashuvlar haqida ma'lumot (2017 yilning 1-yarim yilligida)

Mavzuga oid
Top