1TV telekanali xabar qilishicha, ibodat uchun yuzlab kishilar to‘plangan vaqtda ikki terrorchi masjidga hujum qilgan. Dastlab jangarilar qo‘riqchilarni nishonga olishgan, so‘ngra masjid ichkarisiga kirib, odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Ular bi nechta granatani odamlar to‘dasiga irg‘itgach, o‘zlarini portlatib yuborgan.
Hozircha, Afg‘onistondagi birorta guruh ushbu xuruj uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.











