17:59 / 02.08.2017
5949

Toliblar politsiya bo‘linmasiga hujum qildi: qurbonlar bor

Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyatida joylashgan politsiya bo‘linmasiga hujum yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlarining olti xodimi halok bo‘lgan, yana uch nafari jabrlangan. Bu haqda “Anadolu” agentligi Hilmond viloyat kengashi rahbari vazifasini bajaruvchi Otaulloh Afg‘onga asosan xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati jangarilari Navox aholi punktidagi politsiya bo‘linmasiga hujum qilgan.

Shu bilan birga, Hilmond viloyati gubernatori ma'muriyatining matbuot kotibi Umar Zuvak hujum yuz berganini tasdiqladi hamda qurbonlar soni haqida aniq ma'lumotga ega emasligini qayd etdi.

“Tolibon”ning ma'lum qilishicha, hujum oqibatida jangarilar ikki politsiya bo‘linmasi ustidan nazorat o‘rnatdi, 28 nafar harbiy xizmatchi va politsiya xodimlari o‘ldirilgan.

Avvalroq “Tolibon” jangarilari Afg‘oniston janubidagi to‘g‘onni portlatib yuborishgani xabar berilgandi.

Top