16:33 / 02.08.2017
4618

Yunusobodda talonchilik qilgan shaxs ushlandi

2017 yilning 28 iyul kuni taxminan soat 23:30larda Jasur To‘xtayev o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yunusobod tumani hududida fuqaro Karima Eshpo‘latovaning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan «Samsung» rusumli uyali telefonini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top