Taniqli iqtisodchi, moliyaviy ekspert Yuliy Yusupov ham Kommersant.uz saytida e'lon qilingan o‘zining «O‘zbek iqtisodiy modeli: asotirlar va haqiqat» maqolasida yaqin o‘tmishda yurtimizda yuritilgan xato iqtisodiy siyosat haqida fikr yuritadi.

Yuliy Yusupov o‘z maqolasida barcha yaqin o‘tmishda xo‘b maqtalgan, biroq o‘zini oqlamagan «O‘zbek modeli» va uning kelib chiqish sabablari, kamchiliklari va qaysi inqtisodiy model manzurroq ekanligiga birma-bir to‘xtalib o‘tadi: faktlarga, raqamlarga murojaat qiladi. Keling, ekspertning maqolasidagi diqqatga sazovor o‘rinlar bilan yaqindan tanishaylik.

«Biz o‘zgarishlar davrida yashamoqdamiz. Islohotlar, jumladan, valyuta bozorining uzoq kutilgan islohoti ham boshlandi. Bu esa iqtisodiy rivojlanish modelining almashishiga sabab bo‘ladi, albatta. Xo‘sh, eskisi bilan nima bo‘ladi endi?» — deb boshlagan ekspert o‘z maqolasini.

«O‘zbek modeli»mi yoki merkantilizm?

1996 yili yoz-kuz oylarida O‘zbekistonda valyuta resurslarini cheklash va uni asosan investitsion loyihalarga yo‘naltirish mexanizmi joriy etilganiga ham 21 yil bo‘libdi. Bu iqtisodiy rivojlanishning «O‘zbek modeli» shakllanishining ibtidosi edi.

Bu modelning xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:

1. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga faol aralashuvi, jumladan, ma'muriy usullar — (kredit, xomashyo, mehnat) resurslarni markazlashgan holda taqsimlash, narxlar, foiz stavkalar va valyuta kursini o‘rnatish vositasida, shuningdek, xususiy korxonalarning mulk va mablag‘larini taqsimlash, pul-kredit munosabatlarida «ma'muriy resurslar»dan faol foydalanish.

2. «Iqtisodiyotning strategik jabhalari»ga keng miqyosli investitsiyalar jalb qilishni nazarda tutuvchi giperfaol investitsion siyosat, jumladan, quyidagilar vositasida:

- valyuta savdosini tartibga solish (konvertatsiyani cheklash, rasmiy kurs bo‘yicha valyuta konvertatsiyasida investitsion loyihalarga imtiyoz berilishi);

- kredit siyosati