20:13 / 03.08.2017
5079

1 avgust kuni Toshkentda 5ta YTH yuz berdi, 8 kishi jarohatlandi

2017 yilning 1 avgust kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 8 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 1 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2324 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 543 tasini qo‘pol turdagi, 18 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 1 avgust kuni jami 820 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 528 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 292 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top