Buyuk Britaniyada teraktga tayyorgarlik ko‘rishda aybdor deb topilgan radikallar guruhi umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Ular o‘zlarini “uch mushketyor” deb atab kelgan, deya xabar bermoqda BBC.
Ta'kidlanishicha, jarayonga keyinchalik jalb etilgan to‘rtinchi gumonlanuvchi ham umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum qilingan.
Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar “avvaldan ma'lum bo‘lgan radikal zo‘ravonlik kayfiyatidagi mafkuraga” mukkasidan ketishgan.











