11:06 / 03.08.2017
6823

O‘zbekiston va Xitoy o‘yinchoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi

Xitoyning Shandong Sanhe Toy kompaniyasi bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar tashkil etish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Shandong Sanhe Toy raisi Song Chjinyuan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar uchrashuv davomida O‘zbekistondagi erkin iqtisodiy zona hududlaridan birida bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish masalasini muhokama qilishdi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsion hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqishdi.

O‘zbek tomoni Xitoy kompaniyasiga poytaxtning Olmazor tumanida bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnopark tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Mavzuga oid
Top