17:08 / 03.08.2017
7704

Xitoy OAV Trampni tvitter orqali siyosat yuritishni to‘xtatishga chaqirdi

Xitoy OAV AQSh prezidenti Donald Trampni tvitterdagi o‘z sahifasi orqali xalqaro siyosat yuritishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda CNN telekanali Xitoyning Sinxua agentligida e'lon qilingan materialga asosan xabar bermoqda.

«Trampga tvitterda yozish yoqadi, biroq his-tuyg‘ularning bu tarzda ifodalanishi Koreya yarim orolidagi yadro muammolarini hal etishda yordam bermaydi», - deyiladi materialda.

Shuningdek, agentlikning ta'kidlashicha, Xitoyni Shimoliy Koreya tomonidan yangi raketa uchirilganida ayblash irratsionaldir.

«Xitoyda muammoga yechim topishi mumkin bo‘lgan sehrli tayoqcha mavjud emas», - deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, maqola Tramp Xitoydan juda darg‘azab ekani haqida qator tvitlar yozganidan so‘ng paydo bo‘lgan. AQSh prezidentining fikricha, XXR Shimoliy Koreya raketa va yadro dasturini to‘xtatish uchun kerakli choralarni ko‘rmagan.

Avvalroq Xitoy Koreya yarim orolidagi vaziyatga AQSh va KXDR mas'ul ekani haqida ma'lum qilgandi.

Top