18:45 / 03.08.2017
15668

Neymar transferi barbod bo‘lishi mumkin

Ispaniya professional futbol ligasi (LFP, La Liga) Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» klubining «Barselona» hujumchisi Neymar uchun to‘lanadigan summani qabul qilmoqchi emas, deb yozmoqda As nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, La Liga 222 mln yevro miqdoridagi to‘lovni moliyaviy feyr-pley talablariga javob bermasligini ma'lum qilmoqda va uni qabul qilmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» Neymar klubni tark etmoqchi ekani, lekin uni sotib olmoqchi bo‘lgan klub uning shartnomasida ko‘rsatilgan 222 million yevro tovon pulini to‘liq to‘lashi kerak bo‘lishini ma'lum qilgandi.

«PSJ» esa molyaviy feyr-pley qoidalarini chetlab o‘tish maqsadida Neymarni klub xo‘jayiniga tegishli fond orqali sotib olishni rejalashtirgan. Shuningdek, Neymarni Qatar-2022 mundiali elchisi qilib, buning uchun to‘lanadigan summani o‘z shartnomasini sotib olishga ko‘ndirish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

Top