12:44 / 03.08.2017
6195

Nukus shahrida tanishining boshiga shisha idish bilan urgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 30 iyul kuni Nukus shahar IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tanishining boshiga shisha idish bilan urgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Nukus shahrida 30 iyul kuni soat 16:00da Nukus shahri Chaydakov ko‘chasida yashovchi ishsiz, 1993yilda tug‘ilgan T.M. mast holatda, Nukus shahrida joylashgan “GOLD MILLENIUM” restorani oldida, Nukus shahri Miskin ko‘chasida yashovchi, fuqaro A.T.ning boshiga shisha idish bilan urib tan jarohati yetkazganligi aniqlandi.

Nukus shahar IIB tomonidan fuqaro T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top