O‘zbekiston | 19:40 / 03.08.2017
16418
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi savdo vazirligi binosi Madaniyat vazirligiga beriladi

Toshkent shahridagi avval Tashqi savdo vazirligiga tegishli bo‘lgan tarixiy bino Madaniyat vazirligiga ajratiladi. Bu haqda bugun mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tgan. Prezidentning Facebook’dagi sahifasida axborot berilishicha, u uchrashuv davomida Madaniyat vazirligi borasida fikr bildirib o‘tgan.

Shavkat Mirziyoyev butun dunyoda Madaniyat vazirligi mamlakatning yuzi hisoblanib, eng go‘zal, salobatli binolarda faoliyat olib borishini, O‘zbekistonda esa noqulay sharoitda, asosan rasmiy idoralar joylashgan binoda ish olib borayotganini qayd etib o‘tgan.

«Bu o‘z-o‘zidan madaniy jamoatchilik, ijod ahlining vazirlikka erkin kirib-chiqishiga, turli ijodiy tadbirlar o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmoqda», — deyilgan xabarda.

Shuning uchun poytaxtdagi ilgari Tashqi savdo vazirligi joylashgan ko‘rkam, tarixiy binoni Madaniyat vazirligiga ajratishga qaror qilingan.

Mavzuga oid