18:21 / 03.08.2017
7405

Toshkent viloyatida 14 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ayol qo‘lga olindi

Foto: "Kun"

Toshkent viloyati IIBda bo‘lib o‘tgan brifingda firibgarlik jinoyatlari soni ortib borayotgani haqida axborot berildi. Xususan, Angren shahrida yashovchi M.M. tanishi D.R.ning ishonchiga kirib, undan qarzga pul berib tursa, olgan pullarini 2 oylik muddat ichida foizi bilan qaytirishini va'da qilib, 3 800 AQSh dollari olib qaytarib bermagan. Bundan tashqari M.M. Xitoy Xalq Respublikasidan katta miqdordagi isitish pechlarini olib kelayotganligi, biroq yetarli miqdorda mablag‘i yo‘qligini aytib, D.R.dan yana 5000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, M.M. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2016 yilning noyabr oyidan 2017 yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida bank viza kartochkasi tayyorlab berishligini va'da qilib, fuqaro B.M.dan 3000 AQSh dollari va 100 ming so‘m, fuqaro L.U.dan 200 AQSh dollari va 13 million so‘m, fuqaro G.E.dan 5 million 700 ming so‘m, fuqaro D.N.dan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni aldov yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

M.M. o‘zining aybiga to‘liq iqror bo‘lib, firibgarlik qilganligini, olgan pullarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini tan oldi. 

Yana bir yirik miqdordagi firibgarlik holati Bekobod shahrida ham qayd etildi. Joriy yil 20 may kuni Bekobod shahrida yashovchi A.X. firibgarlik yo‘li bilan A.A.ga «Neksiya» rusumli avtoulovini sotmoqchi ekanini aytgan. U «avtoulovni bir hafta muddat ichida rasmiylashtirib berishni va'da berib», A.A.dan 30 mln 8 yuz ming so‘m pulini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. Avtoulovni ham rasmiylashtirmagan.

Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

Top