O‘zbekiston delegatsiyasi Eron prezidentining lavozimga kirishish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya 2017 yil 5 avgust kuni Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyning lavozimga kirishish marosimida ishtirok etadi.