19:01 / 03.08.2017
102878

Vatan. “Qashqirlar makoni” katta ekranlarga qaytmoqda (video)

Turkiya teleijodkorlari tomonidan bir necha yillar davomida suratga olib kelinayotgan "Qashqirlar makoni” (Kurtlar Vadisi) serialining davomi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Loyihaning yangi qismlari o‘tgan yili Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishi voqealariga bag‘ishlanadi. Bu safar ham bosh rolni aktyor Najoti Shoshmaz maromiga yetkazib ijro etgan bo‘lib, film voqealari uning atrofida yuz beradi.

"Qashqirlar makoni. Vatan" filmining ilk namoyishi 29 sentabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu paytgacha filmning tizer lavhalari taqdim qilinmoqda. Loyiha mualliflaridan birining aytishicha, loyihaning kelgusi qismlari 2018 yilning ilk kunlaridan namoyish etiladi va bu "Qashqirlar makonida tartibsizliklar" nomi bilan ekranlarga qaytadi.

 

Top