21:14 / 04.08.2017
22036

Afsonaviy sportchi Useyn Bolt so‘nggi manzilgacha yugurdi

Dunyoning eng chopag‘on atleti, bir necha bor jahon rekordlarini yangilagan afsonaviy Useyn Bolt katta juma kuni katta sport bilan xayrlashdi. Bugun u London shahrida o‘tkazilgan atletika bo‘yicha Jahon chempionatida so‘nggi bora g‘alaba uchun kurashdi. U yengil atletika sport turining haqiqiy qiroli sifatida 23 ta g‘oliblik medali bilan sahnani tark etmoqda.

"U shunchaki iqtidorli sportchi, bunaqasi har doim ham tug‘ilavermaydi", - deb fikr bildiradi Jonson. Bolt aynan uning 200m masofada o‘rnatgan jahon rekordini yangilagan edi. Yamaykalik sportchining London Olimpiadasida uchta oltin medalni bo‘yniga ilgan paytida, ko‘pchilik keyingi musobaqalarda uning ismini ko‘rmaymiz, deb fikr bildirishgan edi. Ammo u Rioda ham uch karra g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Useyning so‘nggi, 84-chi yugurishini barcha maroq, ehtiros va ko‘z yoshlar bilan qarshi oldi. Apelsin tutib olish bilan sevimli kriket o‘yinidan rohat olgan kichik Boltdan keyinchalik butun atletika ishqibozlari minnatdor bo‘lib qolmoqda. Afrika xalqlarining qashshoqlikka qarshi kurashida faol ishtirok etib kelayotgan Bolt ayni paytda o‘z ona yurti Yamaykada istiqomat qilib keladi.

Mavzuga oid
Top