21:21 / 04.08.2017
19333

BMT: Turkiya dunyodagi eng saxiy davlat

Foto:aa.com.tr

BMTning Suriya bo‘yicha gumanitar yordam koordinatori va Qochqinlar ishlari bo‘yicha Norveg kengashi (NRC) rahbari Yan Egelann Turkiyani qochqinlarga munosabati uchun maqtadi.

"Turkiya qochqinlarni qabul qilish va ularni himoyalash borasida dunyodagi eng saxiy davlatdir. Buni ko‘rish zarur. Turkiya 3 million suriyalik qochqin va boshqa davlatlardan yarim million qochqinni qabul qilib qanday qurbonlarga borayotganini anglash kerak", deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vazirligi, Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Turkiya Qizil yarimoy jamiyati vakillari bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra "Anadolu" axborot agentligiga Egelann.

Uning ta'kidlashicha, NRC ikki yildan beri qochqinlar masalasi bo‘yicha Anqara bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

"NRC Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga, bu mamlakatdagi 3,5 mln qochqin hamda mamlakat tashqarisidagi qochqinlar uchun javobgarlik yukini yengillashtirishga intilmoqda. Jumladan, tashkilot qochqinlarni himoya qilish, ularning ta'lim va gumanitar yordam olishini ta'minlash borasidagi tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor", deb qo‘shimcha qilgan BMT koordinatori.

Egelann shuningdek Turkiya BMTning Suriyaning qamalda qolgan hududlariga gumanitar yordam yetkazishdagi sa'y-harakatlariga qo‘mak ko‘rsatayotganiga hamda ko‘plab suriyalik muhojirlarga boshpana berganiga, Suriyada yarador bo‘lgan ko‘plab odamlar Turkiyada davolanayotganiga e'tibor qaratgan.  

Top