Business Insider: Google Snap tarmog‘ini xarid qilish uchun 30 mlrd dollar taklif etgan
Amerikaning Google kompaniyasi Evan Shpigelning Snap kompaniyasini xarid qilish uchun 2016 yilda 30 mlrd dollar taklif etgan. Bu haqda Business Insider nashri vaziyatdan xabardor va Snap ijtimoiy tarmog‘iga yaqin 3 manbaga asoslangan holda yozmoqda.
Boshqa kompaniya bilan 30 mlrd dollarlik bitimni imzolash imkoniyati ilk bor, BI yozishicha, 2016 yili may oyida F bosqichidan so‘ng paydo bo‘lgan. F bosqichida 17,5 mlrd dollarga baholangan Snap 1,8 mlrd dollarni jalb qilishga erishgan edi. 2016 yil noyabrida Google kompaniyasiga tegishli CapitalG (avvalgi Google Capital) fondi Snap sarmoyadori ekanini tan olgan, ammo kiritilgan mablag‘ga oydinlik kiritmagandi.
BI suhbatdoshlaridan birining hikoya qilishicha, tomonlar 2017 yil martda Snap kompaniyasining birlamchi aksiya chiqarishida uni xarid qilish bo‘yicha dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Snap qiymati 33 mlrd dollarni tashkil etgan.
Nashrga ko‘ra, Google firmasining 30 mlrd dollarlik taklifi hamon o‘z kuchida. Ammo, 3 avgust holatiga binoan, Snap bozor kapitallashuvi 15 mlrd dollardan biroz ko‘proqdir. Kompaniya aksiyalarining bir donasi 13 dollardan sotilmoqda. Ularning narxi BI maqolasidan keyin 3 foizga qimmatlashgan.
Nashrning yozishicha, bu muzokaralar qanchalik rasmiy bo‘lganini bilmaydi. Ammo, manbalar Google va Snap uzoq vaqt davomida muzokaralar bo‘lganini tasdiqlashadi.
Shu bilan birga, kompaniyani sotish bo‘yicha qaror chiqaradigan va qabul qiladigan odam buning asoschilaridan biri va bosh direktori Evan Shpigeldir. U esa Snap mustaqilligi tarafdori va sotishni xohlamayapti.
Snap rasmiy vakili mish-mishlarni izohlamasligini aytgan bo‘lsa, Google ham bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Snap hozirda o‘zi o‘chadigan xabarlar, surat va videolar yuboruvchi Snapchat messenjerini rivojlantirmoqda. 2011 yilda asos solingan kompaniyani 2013 yilda 3 mlrd dollar evaziga Facebook xarid qilishga urinib ko‘rdi. Ammo, Shpigel taklifni rad etdi.
Mavzuga oid
12:10 / 22.12.2024
“Qotil” chatbot, kasallikni oldindan aniqlaydigan aqlli uzuk va super kompyuter – texnodayjest
17:12 / 20.12.2024
Google qidiruvida «Kalmar o‘yini»ni o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
16:42 / 16.12.2024