«So‘g‘diyona» rahbariyati Igor Shkvirinni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi.
Terma jamoaning sobiq futbolchilaridan biri bo‘lmish Igor Shkvirin murabbiylik faoliyatini «Qizilqum»da boshlagan, keyinroq «Olmaliq» boshqaruviga kelib, bu jamoada 9 yil ishlagandi
2016 yilda olmaliqlar klubi safidan ketgach, u Bekobodning «Metallurg» jamoasida seleksioner murabbiy sifatida ish olib borayotgan edi.
U Jizzax jamoasida avvalroq ishdan bo‘shatilgan Davron Fayziyev o‘rnini egalladi.
Bugun Igor Shkvirin bilan ilk mashg‘ulotni olib borgan. Jamoani «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinda aynan ushbu murabbiy boshlab chiqadi.