09:50 / 04.08.2017
4142

Tonga Qirolligi yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Tinch okeanining Tonga Qirolligiga yaqin hududida 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

Ta'kidlanishicha, yer osti silkinishlari Tonga Qirolligining poytaxti - Nukualofa shahridan 228 kilometr shimoli-sharqda qayd etilgan.

Zilzila markazida yer silkinishi “juda kuchli” bo‘lgani aytilmoqda. 

Avvalroq dunyoning birdaniga ikki nuqtasida kuchli zilzila yuz bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top