Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Makgregor bilan shug‘ullanishdan bosh tortdi
Xalqaro boks federatsiyasi va Butunjahon boks assotsiatsiyasi talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Pol Malinyaji aralash yakkakurashlar bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorning mashg‘ulot lagerini tark etdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida xabar bergan.
«Ringdan tashqariga chiqqan ba'zi narsalar va lagerning ichida ro‘y berayotgan holatlar tufayli men shunday qarorga keldim. Lager qanday ishlashiga oid shartlarni men qo‘ymayman, biroq uning bir qismi bo‘lishni istamadim. Men Konorning taktikasini oshkor qilmayman», - deya yozdi bokschi.
Malinyajining ketishiga Makgregor bilan sparring-jangdan so‘ng e'lon qilingan fotosuratlar sabab bo‘ldi. Tasvirlarda amerikalik nokdaunda ekanini ko‘rish mumkin, biroq uning ta'kidlashicha, turtib yuborilgani tufayli yiqilgan.
Makgregor amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladigan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bellashuv 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, irlandiyalik ringga chiqqani uchun taxminan 75 mln dollar, amerikalik esa – 100 mln dollar ishlab oladi.
Mavzuga oid
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025
Usik endi mutlaq jahon chempioni emas. U WBO kamarini jangsiz topshirdi
22:27 / 19.10.2025
Mujibillo Tursunov WBC Gran-pri musobaqasi finaliga chiqdi
10:10 / 07.10.2025