Filipinning janubiy qismida 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer osti silkinishlari Mindanao orolida kuzatilgan. Bu haqda Reuters AQSh Geologiya xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, zilzila markazi General-Santos shahridan 22,5 kilometr masofada joylashgan.
Hozircha jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot yo‘q.
Avvalroq dunyoning birdaniga ikki nuqtasida kuchli zilzila yuz bergani xabar qilingandi.