12:10 / 05.08.2017
4888

Mirobod tumanida fuqaro 1,5 kilogramm marixuana bilan ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 31 iyul kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Mirobod tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida, fuqaro Artur Begmatovdan og‘irligi 1 kilogramm 574,21 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top