08:46 / 05.08.2017
8130

OAV: Kiyev AQShning Javelin raketalarini olishi mumkin

Foto: Flickr

Pentagon Oq uyga Rossiyaning tajovuziga qarshi kurashda yordam sifatida Ukrainaga zamonaviy qurol-aslaha, jumladan tanklarga qarshi Javelin raketalarini taqdim qilishni rasman tavsiya qildi.

Bu haqda AQSh hukumatidagi uchta manbaga iqtibos keltirgan holda NBC telekanali xabar bermoqda.

"Mansabdor shaxslar ehtimoliy yordam paketi taxminiy narxi 50 mln dollar bo‘lgan Javelin tanklarga qarshi raketalarini o‘z ichiga olishini aytdilar", deb aytilgan xabarda.

"Bu to‘g‘ri qarordir va men buning barchasida mudofaa vaziri Mettisning qo‘lini ko‘rmoqdaman", deb aytgan NATOning Yevropadagi kuchlarining sobiq qo‘mondoni Jyeyms Stavridis NBC’ga bergan izohida.

Uning fikricha, Javelin "rossiyalik agressorlarni" ushlab turuvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. 

Shu bilan birga barcha uch manba Oq uy bu masala bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelmaganini, biroq Pentagon bu qadamni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. 

Mavzuga oid
Top