07:54 / 05.08.2017
43361

Putin bir cho‘rtan baliq ortidan ikki soat ov qildi (video)

Foto: tvze

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Blagoveshchenskga safari davomida ikki kunga Janubiy Sibirda to‘xtab o‘tdi. Putin Tuvaga safari davomida suv osti ovi bilan shug‘ullandi. Natijada u cho‘rtan baliq tutishga muvaffaq bo‘lgan.   

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin o‘ziga yoqib qolgan baliqni tutish uchun 2 soatga yaqin vaqt sarflagan. Putinning suv osti ovini uning o‘zi ham boshiga o‘rnatilgan Go Pro kamerasi yordamida suratga olgan.

"U borish qiyin bo‘lgan taygada bo‘ldi, u yerda tog‘ ko‘llarida baliq ovladi, suv osti ovi bilan shug‘ullandi. Quyoshda toblandi, tog‘ daryolari bo‘ylab motorli qayiqlarda va sollarda, tog‘lar bo‘ylab piyoda va kvadrosikllarda yurdi", deb so‘zlab berdi Peskov. 

Putinga safari davomida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda Xakasiya va Tuva rahbari hamrohlik qilgan.

Top