09:57 / 05.08.2017
7260

Tramp hordiq chiqargani Oq uyni tark etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonni tark etib, Nyu-Jyersi shtatidagi shaxsiy golf-klubiga ta'til o‘tkazgani keldi. Bu haqda Oq uy jurnalistlari ma'lum qildilar. 

Prezident 4 avgust tushlikdan keyin Vashingtondan uchib ketgan. Uni Oq uy apparati boshlig‘i, maslahatchilari va oila a'zolari kuzatib qolishgan. U 17 kunlik ta'tilni Bedminsterdagi golf-klubida o‘tkazmoqchi. U bu yerga nabiralari bilan kelgan.

Ma'lum qilinishicha, avvalgi prezidentlarni "ta'tillar" uchun tanqid qilgan Trampning uzoq vaqt yo‘q bo‘lishi qisman majburiy hisoblanadi: u yo‘q bo‘lganda Oq uy jiddiy ta'mirdan chiqariladi. Uning g‘arbiy qismida eski havo sovitish va shamollatish tizimi almashtiriladi, Oq uyning tashqi va ichki ko‘rishini ham yangilanadi: bino bo‘yab chiqiladi, zinapoyalari ta'mirlanadi, gilam va pardalar almashtiriladi, matbuot idorasidagi chakka o‘tish bartaraf etiladi.

Trapmni kuzatib qolgan jurnalistlarning aytishlaricha, u Oq uyni ularga vertolyot trapidan qo‘l silkitgancha tark etgan. Tramp Barak Obama uchun an'anaga aylangan ta'tildan oldingi matbuot anjumani bermagan.    

Mavzuga oid
Top