20:24 / 05.08.2017
6160

Turkiya Suriya bilan chegaraga qo‘shimcha harbiy kontingentni yubordi

Turkiya Suriya bilan janubiy chegaraga qo‘shimcha harbiy kontingentni yubordi. Bu haqda mahalliy Dogan agentligi xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Suriya bilan chegaradagi Kilis viloyatiga oltita gaubitsa va tanklar boshqa harbiy texnika hamrohligida yo‘llandi.

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh bo‘lgan tumani kurd otryadlari nazoratidadir, deya qo‘shimcha qiladi agentlik. Turkiyaning o‘z chegarasida harbiy kontingentining oshirilishi «xavfsizlikni mustahkamlashga» qaratilgan.

Top