Özbekiston Gallup instituti tomonidan ötkazilgan ijtimoiy sörov natijasida dunyoning 135 mamlakati orasida Qonun ustuvorligi va tartib indeksi böyiça ikkinçi öringa munosib körildi. 100 ballik tizimda eng yuqori örin Osiyoning yana bir mamlakati Singapurga taqdim etildi. U fuqarolarning mahalliy politsiyaga işonçi, şaxsiy xavfsizlik hissi, ötgan yillardagi öğirliklar soni hamda tajovuz va bosqinçilik qiliş holatlari böyiça 97 ballik natijani körsatgan. Özbekiston 95 ball bilan ikkinçi örindan joy olgan. 

Aytiş joizki, Singapur 2013 yildan beri uşbu reytingda birinçilikni qöldan bergani yöq. 

Röyxatning birinçi önligida, şuningdek, Islandiya (88 foiz), Turkmaniston, Norvegiya, Şveytsariya, Jazoir, Finlandiya, Iordaniya va Vetnam davlatlari qayd etilgan.

Reytingning sönggi beşligida kamayib boriş tartibida JAR, Janubiy Sudan, Dominikan respublikasi, Salvador, Liberiya va Venesuela davlatlari qayd etilgan.