13:34 / 05.08.2017
12687

O‘zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi o‘yinlarga 10 kun qolganida yig‘in boshlaydi

Foto: O‘FF rasmiy sayti

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichining so‘nggi ikki o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 20 avgustdan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishadi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Yig‘in doirasida milliy terma jamoa 25 avgust kuni poytaxtda Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur o‘yinga qaysi futbolchilarni taklif qilishi keyinroq ma'lum qilinadi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.

Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Top