20:20 / 06.08.2017
15435

«Arsenal» «Chelsi»ni yengib, yangi mavsumdagi ilk kubokni qo‘lga kiritdi

Angliya Superkubogi uchun bahsda «Arsenal» «Chelsi»ni mag‘lub etdi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi — 1:1, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida «kanonirlar» omadli chiqdi — 4:1.

O‘yinning 46-daqiqasida Viktor Mozes  «Chelsi» Gari Kexillning pasidan keyin hisobni ochgandi. 80-daqiqada Pedro Rodriges Muhammad El-Nennining oyog‘iga tashlangach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. «Arsenal» jarimadan unumli foydalandi — jamoaning yangi himoyachisi Sead Kolashinats Granita Chaka uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. O‘yin oxirigacha shu hisob saqlanib qoldi.

O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida, Tibo Kurtua va Alvaro Morata xato qilishi tufayli, «kanonirlar» 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Arsenal» endilikda 15-marta Superkubok yutib olmoqda. «Chelsi» hisobida bu turnirdagi 4 g‘alaba mavjud. Eng ko‘p marta Superkubokka ega chiqqan jamoa «Manchester Yunayted» hisoblanadi — 21.

Angliya Superkubogi
Arsenal – Chelsi 1:1
(0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 4:1
Gollar: 0:1 – 46 Mozes, 1:1 – 82 Kolashinats.
Arsenal – Chex, Mertesaker (Kolashinats, 32), Monreal, Bellerin, Holding, El-Nenni, Oksleyd-Chemberlen, Chaka, Ivobi (Uolkott, 67), Uelbek (Nelson, 87), Lyakazett (Jiru, 66).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Villian (Musonda, 82), Fabregas, Pedro, Kante, Alonso (Ryudiger, 79), Batshuayi (Morata, 74).
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 3:1, 4:1.
Ogohlantirishlar: Aspilikueta (13), Bellerin (15), Alonso (35), Villian (37).
Chetlatish: Pedro (80).

Top