18:50 / 06.08.2017
11333

Dubaydagi osmono‘par binoda yong‘in chiqdi

Yakshanba kuni tongida BAAning Dubay shahridagi «Yo‘lbars» (Tiger Tower) binosida yong‘in kelib chiqdi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, binoning 53chi qavatidagi balkonlardan birida olov paydo bo‘lgan. Shahar o‘t o‘chiruvchi xodimlari tezkorligi tufayli hech kimga ziyon yetmagan hamda yong‘in bartaraf etilgan.

Bu hafta davomida Dubayda kuzatilgan ikkinchi yong‘in holati bo‘lib, bundan avval «Mash'al» (Torch) ko‘pqavatli turar joy binosiga o‘t ketgan edi. Har ikki holatda ham kishilar vafoti qayd etilmadi.

«Mash'al» binosida birinchi marta 2015 yil fevral oyida katta yong‘in kuzatilgan edi. Bu holat deyarli ikki yarim yilda qaytarildi.

Top