00:20 / 06.08.2017
19194

Fransiya 1 ligasi. «PSJ» Neymarsiz o‘tgan uchrashuvda g‘alaba qozondi

Fransiya chempionatining birinchi turidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda «PSJ» liga debyutanti «Amen»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim so‘ngida Edinson Kavani hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Xaver Pastore farqni ikkitaga oshirib, parijliklarga dastlabki ishonchli g‘alabani keltirdi.

Parijliklarning shov-shuvli transferi Neymarning hujjatlari bilan bog‘liq barcha ishlari tugallanmagani uchun bu uchrashuvni u stadionda tomoshabin sifatida kuzatdi.

Fransiya 1 ligasi, 1-tur

PSJ – Amen 2:0 (1:0)

Gollar: Kavani (42), Pastore (80).
PSJ: Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva (Kimpembe, 46), Rabo, Motta (Matyuidi, 67), Di Mariya, Verratti, Pastore, Kavani (Gonsalu Gedesh, 86).
Amen: Gyurtner, Al-Xojam, Adenon, Guano, Sissoko, Manzala (Burgo, 69), Monkondyui, Fofana, Bodmer, Ndombele (Sharre, 57), Koyta (Labo, 77).
Ogohlantirish: Fofana (69).

Top