14:30 / 06.08.2017
6299

Fransiya IIV: Suriya va Iroqdan 271 jangari qaytib kelgan

Foto: Reuters

Iroq va Suriyada IShID terrorchi guruhi tarkibida janglarda ishtirok etgan 271 nafar fransiyalik vataniga qaytib kelgan. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vaziri Jyerar Kolon Le Journal du Dimanche gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

O‘tgan yillarda Fransiyaning 700 ga yaqin fuqarosi jangarilar tomoniga o‘tib ketgan. Qaytganlari ayni paytda prokuratura organlari tomonidan tekshirilmoqda, ayrimlari hibsga olingan.

«Halok bo‘lgan fransuzlar soniga aniqlik kiritish mushkul ish. Qaytganlar soni esa 271 kishi, shundan 54 nafari voyaga yetmaganlar», deya vazirning so‘zlari keltirilgan xabarda.

IIV rahbari terrorchilik tahdidi saqlanib qolayotganini qayd etgan. 

«Yil boshidan buyon Yelisey saroyiga qilingan ikki hujum kuzatildi, maxsus xizmatlar 7ta hujumning oldini olishdi», degan vazir.

Mavzuga oid
Top